Xiaomi’ning hali rasman taqdim etilmagan Redmi Note 17 Pro Max smartfoni Geekbench sinov platformasida paydo bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.
Ro‘yxat qurilmaning global versiyasi Snapdragon 6 Gen 5 protsessori, 8 GB tezkor xotira va Android 16 operatsion tizimi bilan jihozlanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Geekbench bazasida smartfon 2609FRA74G model raqami bilan qayd etilgan. Model nomidagi «G» belgisi odatda Xiaomi qurilmalarining global bozor uchun mo‘ljallangan versiyalarida uchraydi. Avvalroq ayni model raqamiga ega qurilma Tailandning NBTC sertifikatlash bazasida ham ko‘ringan edi.
Texnik imkoniyatlar
Geekbench ma’lumotlariga ko‘ra, Redmi Note 17 Pro Max’da SM6850 indeksiga ega Snapdragon 6 Gen 5 chipi ishlatiladi...