AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat hududida tug‘ilgan farzandlar orqali Amerika fuqaroligini olish amaliyotini cheklashga qaratilgan ikki yangi farmonni imzoladi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Farmonlar 6-avgust kuni imzolangan. Bu Tramp ma’muriyatining AQSh hududida tug‘ilganlarga avtomatik fuqarolik berish tamoyilini cheklash bo‘yicha ikkinchi urinishi bo‘ldi.
Kimlarning farzandlariga fuqarolik avtomatik berilmasligi mumkin
Yangi hujjatlardan birida AQSh hududida tug‘ilgan bolaning ota-onasi xorij fuqarosi bo‘lgan ayrim holatlarda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga istisnolar kengaytiriladi.
Jumladan, ota-onadan kamida biri:
Terrorchilik tashkilotiga a’zo bo‘lsa; AQSh fuqaroligini firibgarlik yo‘li bilan olishga uringan bo‘lsa; AQSh hududida boshqa davlat manfaatlarini ifodalasa, bolaga fuqarolik avtomatik berilmasligi nazarda...