Samsung kompaniyasi tomonidan Samsung Galaxy S26 FE smartfoni qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.
Shuningdek, Galaxy A08, Galaxy A18 hamda Galaxy Tab S12 turkumiga kiruvchi yangi qurilmalarning ehtimoliy taqdimot muddatlari ham ma’lum qilindi. Biroq Samsung ushbu sanalarning birortasini hozircha rasman tasdiqlamagan.
Galaxy Tab S12 turkumi oktabrda chiqishi mumkin
Insayder Fire Universe ma’lumotiga ko‘ra, Galaxy A08 LTE va Galaxy A18 LTE smartfonlari 2026-yil oktabr oyida taqdim etiladi. Galaxy Tab S12 turkumining taqdimoti esa 7-oktabrga belgilangan bo‘lishi mumkin.
Yangi planshetlar qatoridan Galaxy Tab S12+ va Galaxy Tab S12 Ultra modellari o‘rin olishi kutilmoqda. Avvalgi ma’lumotlarda...