Huawei ko‘magidagi Maextro brendi Xitoyda Huawei Maextro V800 premium minivenini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.
Modelning eng yuqori komplektatsiyasi 1,016 mln yuan, ya’ni qariyb $149,7 mingga baholandi. Kompaniya bir vaqtning o‘zida ixchamroq V680 modelini ham sotuvga chiqardi, uning narxi 648 ming yuan yoki taxminan $95,4 mingni tashkil etadi.
Model haqida nimalar ma’lum
Huawei ijrochi direktori Richard Yuning ma’lum qilishicha, V680 va V800 savdosi boshlanganidan keyingi dastlabki bir soat ichida 2 115 ta tasdiqlangan buyurtma qabul qilingan. Bungacha 23 kunlik oldindan savdo davrida modellar uchun 10 mingdan ortiq ariza berilgan bo‘lib, ularning qariyb 80 foizi V...