Markaziy bank huzuridagi Islom moliyasi kengashi murabaha va mudaraba bo‘yicha milliy standartlarni ishlab chiqmoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Abror Mirzo Olimov Kursiv Uzbekistan nashriga yo‘llangan rasmiy xatida ma’lum qildi.
«Ularni tayyorlash yakunlangach, standartlar loyihalari manfaatdor tomonlar, bank hamjamiyati, ekspertlar va bozorning boshqa ishtirokchilari ishtirokida jamoatchilik muhokamasiga taqdim etiladi», — deyiladi rasmiy xatda.
Regulyator islomiy moliya standartlari bosqichma-bosqich ishlab chiqilishi va takomillashtirilishini ta’kidladi. Shu bilan birga, Markaziy bank islomiy bank faoliyati xususiyatlarini inobatga olgan holda 15 ta me’yoriy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritdi.
Mazkur o‘zgartirishlar islomiy bank xizmatlarini litsenziyalash, banklarni boshqarish, moliyaviy barqarorlik...