Shavkat Mirziyoyev davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unda ish haqi tizimini yagona, shaffof va natijaga asoslangan mexanizmga o‘tkazish rejalari ko‘rib chiqildi.
Ish haqi tizimidagi muammolar tahlil qilindi
Taqdimotda amaldagi tizimdagi asosiy kamchiliklar qayd etildi. Hozirda davlat xizmatchilarining ish haqi tarkibida lavozim maoshining ulushi 15 foizdan oshmaydi, ish haqi fondining qariyb 70 foizi esa xodimning aniq mehnat natijasiga bog‘liq bo‘lmagan turli ustama, mukofot va rag‘batlantiruvchi to‘lovlardan iborat.
Shuningdek, bir xil lavozimda ishlayotgan xodimlar o‘rtasida maosh bo‘yicha sezilarli tafovutlar mavjudligi, mehnatga haq to‘lash tartibini...