Chevrolet’ning 1978-yilgi Chevrolet C10 avtomobili yangilandi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda. U atmosferali dvigateldan olinadigan 740 ot kuchi, poyga uchun tayyorlangan shassi va e’tiborni tortadigan dizaynni birlashtirgan.
Mazkur loyiha AQShning Illinoys shtatida joylashgan Level 7 Motorsports ustaxonasida boshlangan. Keyinchalik pikap bir qator texnik va vizual takomillashtirishlardan o‘tkazildi. Tashqi qismidagi eng noyob detal bu Vic Hickey tomonidan ishlab chiqarilgan asl shisha tolali kapot bo‘lib, u Munssey Speed ventlari bilan qayta ishlangan. Kuzov zavod sariq rangida, oq aksentlar bilan bezatilgan. Yukxona va pastki qismi LizardSkin qoplamasi bilan himoyalangan.
Avtomobil 19 dyuymli BC Forged disklariga o‘rnatilgan keng shinalar bilan jihozlangan. Tormoz tizimi...