«Manchester Siti» Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqichi so‘nggi turida Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.
Ushbu g‘alaba evaziga «shaharliklar» ochkolari sonini 16 taga yetkazib, turnir jadvalida 8-o‘rinni band etdi. Bu esa jamoaga kelasi oy bo‘lib o‘tadigan pley-off raundini o‘tkazib yuborib, to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 final bosqichiga yo‘l olish imkonini beradi.
Abduqodir Husanov mudofaa markazida Natan Ake bilan birga harakat qildi. O‘yin davomida o‘zbekistonlik himoyachi raqib hujumchisi Viktor Osimxenning xavfli hujumlarini bartaraf etishda faollik ko‘rsatdi. Sofascore tahliliy portali Husanovning «Galatasaroy»ga...