Samsung AQSh bozorida yangi Galaxy Z TriFold smartfoni sotuvga chiqarilishini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Uch buklamali smartfon 30-yanvardan boshlab savdoga chiqadi va uning narxi $2 899 etib belgilangan. Bu ko‘rsatkich uni AQShdagi eng qimmat smartfonga aylantiradi.
Galaxy Z TriFold ikki marta buklanadigan ekran bilan jihozlangan bo‘lib, to‘liq ochilganda 10 dyuymli displeyni taqdim etadi. Bu hozirgacha Galaxy liniyasidagi eng katta ekran hisoblanadi. Qurilmaning eng yupqa qismi atigi 3,9 millimetrni tashkil etadi.
Samsung ma’lumotiga ko‘ra, smartfon konstruksiyasi 200 ming martagacha buklashga chidamli qilib ishlab chiqilgan. AQSh bozorida model faqat qora rangda va 512 GB ichki xotira...