Qozog‘istonning Cybernet AI startapi turkiy tillar uchun eng katta avtomatik nutqni aniqlash (ASR) modelini taqdim etdi. Bu Markaziy Osiyoda yaratilgan ushbu miqyosdagi birinchi ishlanma hisoblanadi. Bu haqda Astana Hub xabar berdi.
Ushbu model turkiy tillar guruhi uchun maxsus ishlab chiqilgan to‘liq SI modelining birinchi namunasidir. Loyiha Astana Hub va Qozog‘iston Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligining strategik ko‘magida Microsoft GPU infratuzilmasidan foydalangan holda amalga oshirildi.
«Cybernet AI’ning rivojlanishi turkiy davlatlarga raqamli xizmatlar va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni sun’iy intellektdan foydalangan holda sifatli va arzon narxlarda o‘z ona tillarida kengaytirish imkoniyatini ochadi. Qozog‘iston uchun bu global...