Propan narxi bo‘yicha 92 ta importchi korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Raqobat qo‘mitasi propan narxlarini barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida birja savdolarida o‘rtacha narxlar 9,3 mln so‘mdan 7,8 mln so‘mgacha, ya’ni 18 foizga pasayganini bildirdi.
Unga ko‘ra, 2025-yil noyabr – dekabr oylarida hamda joriy yilning yanvarida propan bo‘yicha birja savdolarida boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirish va mahsulot hajmlarini ataylab savdoga chiqarmaslik holatlari aniqlangan. Ushbu raqobatga zid keluvchi kelishilgan harakatlar yuzasidan 92 ta import qiluvchi korxonaga nisbatan belgilangan tartibda monopoliyaga qarshi ish qo‘zg‘atildi.
Mazkur korxonalardan beshtasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, yettitasi Andijon, uchtasi Buxoro, 13 tasi Farg‘ona, to‘rttasi Namangan, beshtasi Qashqadaryo, 17 tasi Samarqand...