10-yanvar sanasi Toshkentda imzolangan tinchlik bitimi, yerosti transportining ilk bor yo‘lga qo‘yilishi va madaniyat olamidagi yo‘qotishlar bilan tarixda qolgan. Kursiv Uzbekistan kunning eng muhim voqealarini xronologik tartibda taqdim etadi.
1863-yili Londonda dunyodagi birinchi metropoliten – «Metropolitan Railway» o‘z faoliyatini boshladi. Paddington va Farringdon bekatlarini bog‘lagan ushbu tarmoqning uzunligi qariyb 6 km bo‘lib, dastlabki kunda 38 ming yo‘lovchi tashilgan. Bu voqea yirik shaharlarda jamoat transporti tizimini tubdan o‘zgartirib yubordi va urbanizatsiya jarayonini tezlashtirdi.
1870-yilda sanoatchi Jon Rokfeller AQShning Ogayo shtatida «Standard Oil» kompaniyasiga asos soldi. Qisqa vaqt ichida neftni qayta ishlash va tashish bo‘yicha monopoliyaga aylangan ushbu korporatsiya Rokfellerni...