Amerikalik investor, Rogers Holdings kompaniyasi egasi Jim Rojers Rossiya va AQShdagi barcha aktivlarini sotib, pullarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritdi. Bu haqda u «RBK» nashriga bergan intervyusida aytdi.
Rojersning aytishicha, 2025-yilning oxiriga yaqin u Rossiyadagi barcha birja aktivlarini sotgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitim hech qanday chegirmasiz, oddiy tarzda o‘tgan. Investor Rossiya bozoriga narxlar juda tushib ketsa, yana qaytishi mumkinligini ham istisno qilmagan.
Shuningdek, u AQSh iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarini ham sotib yuborganini aytgan, chunki u bozor pasayishini va sun’iy intellekt atrofidagi ko‘tarilish tushishini kutmoqda. Shu bilan birga, u portfeliga noodatiy yo‘nalish – O‘zbekiston kompaniyalari aksiyalarini qo‘shgan. Investor 2021-yildayoq Forbes nashriga bergan intervyusida...