«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 4-avgustdan 8-avgustgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 1,05 foizga tushdi.
Bundan avvalgi ikki hafta davomida ham ushbu indeks pasayishni qayd etgandi. O‘tgan haftada undan oldingi davrga nisbatan ko‘plab aksiyalar narxi pasaydi, ammo ba’zi aksiyalar keskin o‘sdi.
Masalan, «Hamkorbank»ning imtiyozli aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 11,07 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Qo‘qon mexanika zavodi» (+7,87%) va «Biokimyo» (+6,24%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
Biroq «O‘zbektelekom» aksiyalari (imtiyozli) 8,58 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Hamkorbank»ning oddiy aksiyalari (-3,97%) va «Olmaliq KMK» imtiyozli aksiyalari (-3,67%) ham...