AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi 2027-yilgi Diversity Visa (Green Card) lotereyasi bo‘yicha tarqalgan yolg‘on ma’lumotlarni rad etdi. Bu haqda elchixona Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Diplomatik vakolatxona hozircha ariza topshirish jarayoni boshlanmaganini ma’lum qildi. Elchixonaning ta’kidlashicha, internetda va ayrim shaxslar tomonidan ro‘yxatdan o‘tish boshlangan, g‘oliblik imkoniyatingizni oshirib beramiz kabi da’volar tarqalmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bunday xizmatlar yolg‘on va fuqarolarni chalg‘itishga qaratilgan.
Davlat departamenti DV-2027 uchun aniq sanalarni va ariza topshirish qoidalaridagi ehtimoliy o‘zgarishlarni tasdiqlagach, bu haqda ommaga rasmiy ravishda e’lon qiladi.
Elchixona fuqarolardan faqat rasmiy manbalarga ishonishni, shubhali xizmatlarga murojaat qilmaslikni tavsiya etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Green Card’ga ariza topshirish muddati o‘zgarishi...