General Motors avtomobilni masofadan turib boshqarish imkonini beruvchi yangi tizimga patent oldi. Patent hujjatiga ko‘ra, ushbu texnologiya rulni burish, tormozlash, tezlashtirish va uzatmalar qutisini masofadan aniq boshqarishga imkon beradi.
Tizim maxsus ko‘chma pult orqali ishlaydi. Unda analog stiklar, tugmalar va aloqa moduli mavjud bo‘lib, pultdan yuborilgan signallar avtomobilning bort elektronikasi orqali ijrochi mexanizmlarga uzatiladi. Ayniqsa rul boshqaruvida yuqori aniqlik ta’minlanishi qayd etilgan.
Mazkur yechim tor joylarda harakatlanish, murakkab va xavfli hududlarda avtomobilni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, tizim sanoat, qishloq xo‘jaligi texnikasi va harbiy texnikalarda qo‘llanishi mumkin.
GM muhandislarining ta’kidlashicha, bunday texnologiya haydovchi avtomobil ichida bo‘lmagan holatlarda ham transport vositasini...