Zeekr Auto Xitoyda Zeekr 001 egalari uchun haydovchisiz boshqaruv tizimi yangiladi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda. Loyiha 2025-yil 24-dekabr kuni yakunlandi.
Kampaniya doirasida 2024-yilgi, lidar bilan jihozlangan avtomobil egalari autopilotning apparat va dasturiy qismini o‘z hisobidan yangilashi taklif etildi. Maqsad eskirgan tizimlarni eng so‘nggi versiyaga almashtirish edi.
Yangilashning to‘liq narxi 33,5 ming yuan ($,6 ming) bo‘ldi. Kompaniya darhol muhandislik ishlarini boshlashini bildirdi. Aniq muddatlar regulyator ruxsatlaridan keyin e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, Zeekr 001 elektromobilida qo‘llanilgan autopilot tizimi haydash jarayonini xavfsiz va qulay qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu tizim avtomobilni mustaqil boshqaradigan sun’iy haydovchi emas, balki haydovchiga yordam beruvchi zamonaviy elektron...