O‘zbekiston 2026-yilda $50 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi. Joriy yilning o‘zida O‘zbekiston xorijiy hamkorlar bilan $140 mlrdlik yangi investitsiya kelishuvlariga erishgan.
Strategik investorlar uchun loyihalar bo‘yicha yer uchastkalari bozor qiymatida to‘g‘ridan to‘g‘ri taqdim etiladi. Yer toifasi o‘zgartirilganda nobudgarchilik to‘lovlarini 10 yilgacha bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi. Yer rasmiylashtirish, toifasini o‘zgartirish, qurilish va infratuzilmaga ulanish jarayonlari «yagona darcha» tamoyili asosida ishlaydigan elektron platforma orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarga dunyoning yetakchi brendlari jalb qilinadi. Ushbu hududlardagi korxonalar xalqaro texnik reglamentlar, ekologik va mehnat standartlari asosida faoliyat yuritadi. Ular uchun maxsus...