Xitoylik uyushgan jinoiy guruhlar Telegram messenjerini dunyodagi eng yirik noqonuniy kriptovalyuta iqtisodiyoti platformasiga aylantirmoqda. Ushbu bozorlar hajmi bo‘yicha tarixiy darknet gigantlarini ortda qoldirgani aytilmoqda.
Elliptic ma’lumotlariga ko‘ra, Huione Guarantee platformasi 2021 – 2025-yillar oralig‘ida $27 mlrdlik mablag‘ni qayta ishlagan. Bu tarixda kuzatilgan har qanday darknet platformasidan kattaroq ko‘rsatkich hisoblanadi. Telegram may oyida ushbu kanalni bloklagan bo‘lsa-da, faoliyat boshqa bozorlarga ko‘chgan.
Hozirda Tudou Guarantee (oyiga $1,1 mlrd) va Xinbi Guarantee (oyiga $850 mln) platformalari yetakchilik qilmoqda. Ikki bozorning oylik hajmi mashhur AlphaBay noqonuniy bozorining butun tarixiy ko‘rsatkichidan oshib ketadi.
Ushbu bozorlar pul yuvish xizmatlari, soxta investitsiya platformalari, o‘g‘irlangan shaxsiy ma’lumotlar...