Joriy yilning 26-noyabr kuni shahar bo‘yicha 2,5 mingta qurilish obyekti ko‘rib chiqildi. Shulardan 890 tasida ishlar vaqtincha to‘xtatilgan, 1,6 mingtasida esa qurilishlar davom etmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Hokimlikka ko‘ra, poytaxtda havo sifatini yaxshilash va chang miqdorini kamaytirish maqsadida olib borilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar davom etmoqda. Xususan, 26-noyabr holatiga:
hududdagi 58 ta favvora ishga tushirildi; 77 ta maxsus texnika yordamida 200 dan ortiq ko‘chalar tozalandi va daraxt-butalar yuvildi; «Maxsustrans» tomonidan 3,1 ming tonna chiqindi shahar hududidan olib chiqildi; 241 ta qurilish obyektida suv purkash va changni bostirish ishlari amalga oshirildi; 108 ta maktab va...