Kia K4 avtomobilining narxlari va texnik tafsilotlari e’lon qilindi. Model 2026-yil boshida AQSh bozorida sotuvga chiqariladi.
K4 dinamik siluet, zamonaviy kuzov formati va o‘rta segmentga mos narx siyosati bilan xaridorlar e’tiboriga havola etiladi. Kompaniya sifatdan tejalmagan holda arzonroq taklif berishni maqsad qilgan.
Model ikki xil dvigatel bilan taqdim etiladi. EX va GT-Line versiyalarida 2,0 litrli 147 ot kuchiga ega dvigatel va IVT variator qo‘llanadi. GT-Line Turbo esa 1,6 litrli 190 ot kuchiga ega turbomotor va 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. GT-Line versiyasi yanada sport osma sozlamalariga ega bo‘ladi. O‘rtacha yonilg‘i sarfi 7,8 – 8,4 litr atrofida...