O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Behruz Karimov faoliyatini Yevropada davom ettirishi mumkin. 18 yoshli futbolchiga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Championat.asia.
Ma’lumotlarga ko‘ra, nomi oshkor etilmagan ikki Angliya klubi, shuningdek, Germaniya va Fransiyadan bittadan klub skautlari Karimovning Portugaliyaga qarshi uchrashuvdagi harakatlarini bevosita stadiondan kuzatgan.
Behruz Karimov davom etayotgan Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida har ikki uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Yosh himoyachining mundialdagi o‘yini xorijiy klublar e’tiborini tortgani aytilmoqda.
O‘yinchi haqida
Behruz Karimov 2007-yil 7-avgustda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida tug‘ilgan. U o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasida harakat qiladi. Hozirda Karimov Termizning «Surxon» klubi...