Brent markali neft narxi $76 dan pastga tushdi. Bu so‘nggi to‘rt oy ichidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
CNBC ma’lumotiga ko‘ra, Brent nefti 27-fevraldan beri eng past darajaga tushgan. O‘sha sana AQSh va Isroilning Eronga qarshi ilk zarbalaridan oldingi kun bo‘lgan.
WTI nefti ham arzonlashdi
Amerikaning WTI nefti ham arzonlashdi. Uning narxi 1,7 foizga pasayib, bir barrel uchun $71,97 ni tashkil etdi.
Neft narxining pasayishiga Hormuz bo‘g‘ozida qolib ketgan tankerlar harakatlana boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ta’sir qilmoqda.
Tankerlar Hormuz bo‘g‘ozidan chiqishga tayyorlanmoqda
Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urush sabab to‘xtab qolgan ko‘plab neft tankerlari Hormuz bo‘g‘ozidan...