Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining 2026-yilda «Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti» deb e’lon qilinishi munosabati bilan xalqaro tadbir ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Andijonning ushbu yuksak maqomga sazovor bo‘lishini O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi va bugungi taraqqiyotining e’tirofi sifatida baholadi.
«Andijon shahrining bunday yuksak sharafga munosib ko‘rilganini O‘zbekistonning boy tarixi, madaniy-ma’naviy merosi, yurtimizning turkiy madaniyat rivojiga qo‘shgan bebaho hissasi hamda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning xalqaro miqyosdagi yana bir e’tirofi sifatida qabul qilamiz», — dedi prezident.
Mirziyoyev o‘z nutqida Andijon azaldan madaniyat, adabiyot, san’at va hunarmandchilik markazlaridan biri bo‘lib...