Xorazm viloyatida Urganch – Xiva yo‘nalishida mintaqadagi ilk pullik avtomobil yo‘li barpo etilishi boshlandi. Loyiha qiymati $120 millionni tashkil etadi.
Yangi trassa xalqaro standartlar asosida qurilmoqda. To‘rt tasmali avtomobil yo‘lining uzunligi 35 kilometr bo‘lib, asfaltbeton qoplama bilan jihozlanadi. Uning bir sutkalik o‘tkazuvchanlik quvvati 20 mingdan ortiq transport vositalariga mo‘ljallangan.
Loyiha doirasida 17 ta ko‘prik, 8 ta yo‘l o‘tkazgich, 1 ta tunnel va 5 ta maxsus o‘tish yo‘lagi barpo etiladi. Shuningdek, yo‘l boshida, o‘rtasida va oxirida terminal hamda ikkita servis punkti qurilishi rejalashtirilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, yo‘l qatlamining umumiy qalinligi 87 santimetrni tashkil etadi. Yuqori ikki qatlami mustahkam modifikatsiyalangan bitum asosida...