Ijtimoiy tarmoqlarda Ford Explorer 2026 modelining noodatiy dizayndagi renderlari paydo bo‘ldi. Bu haqda Tarantas News nashri xabar berdi.
Mustang sportkari uslubidan ilhomlangan ushbu kontseptsiya katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa-da, kompaniya uni seriyali ishlab chiqarishni rejalashtirmayapti.
2019-yildan beri ishlab chiqarilayotgan oltinchi avlod Ford Explorer hanuz dolzarbligini saqlab kelmoqda. Model allaqachon restylingdan o‘tgan, Xitoy bozori uchun esa yaqinda tor chiroqlar va yoritilgan old panel bilan yangilangan tashqi ko‘rinish taqdim etilgan. Shunga qaramay, dizayner Kelsonik tomonidan yaratilgan yangi render bundan ancha keskin va provokatsion ko‘rinishga ega.
Tasvirlarda Explorer old panjarasi, qo‘shimcha chiroqlari, yirik kapoti va sport uslubidagi spoyleri bilan Mustang’ga xos qiyofa kasb...