Kia o‘zining 80 yilligini nishonlash doirasida yangi Vision Meta Turismo konseptini namoyish etdi. Yongin shahridagi Kia Vision Square markazida namoyish qilingan ushbu sport sedan konsepti kelajakdagi EV8 modelining dastlabki ko‘rinishi bo‘lishi aytilmoqda. Model dizayni shu qadar g‘ayrioddiyki, rasm emas, sun’iy intellekt yaratgan tasvirday ko‘rinadi.
Mashina torpedo shaklidagi uzun kuzov, old oynani kesib o‘tadigan rakursli shamol oynasi, tutqichsiz eshiklar, juda ingichka faralar va oynalar o‘rniga kameralar bilan ajralib turadi. Orqa chiroqlari esa hozirgi Kia modellarini eslatadi.
Salon esa lounge uslubida yaratilgan, ya’ni orqa va old o‘rindiqlar keng, shift esa to‘liq shisha bo‘lib, ichkariga yanada kenglik beradi. Markazda yoke-uslubdagi rul...