16-sentabr kuni O‘zbekiston hududida harorat kechasi 8-19°, kunduzi 20-30° atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
16-sentabr kuni O‘zbekiston hududida harorat kechasi 8-19°, kunduzi 20-30° atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
Hyundai Concept THREE — IONIQ 3 modelini taqdim etdi. Bu kompakt elektr hetchbek «Art of Steel» dizayni va Aero Hatch shakli bilan ajralib turadi, deya yozmoqda Elektrek nashri.
IONIQ 3 sifatida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan model 2026 yilning birinchi yarmida Turkiyada ishlab chiqariladi. U Volkswagen ID.3 va Kia EV3 kabi kompakt elektromobillar bilan raqobatlashadi.
Konseptning o‘lchamlari: uzunligi 4,3 m, eni 1,94 m, g‘ildirak bazasi 2,7 m. Salon minimalistik uslubda, katta displey va Apple CarPlay Ultra tizimi bilan jihozlangan.
IONIQ 3 uchun 58–81 kVt·soat batareya variantlari ko‘zda tutilmoqda. Bu WLTP bo‘yicha 418–587 km masofani ta’minlaydi. 130 kVtgacha tezkor zaryad 20 daqiqada...
Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumanida amalga oshirilayotgan agrosanoat bog‘i va turizm majmuasi loyihalarini borib ko‘rdi. Hududda suv va yer resurslari mo‘l bo‘lgani uchun agrar soha bilan turizm uyg‘un tarzda rivojlantirilmoqda, deya xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Chimyon mahallasida 3 ming gektar maydonda malina, qulupnay, qorag‘at va yong‘oqzorlar barpo etilmoqda. Loyiha qiymati $60 mlndan ortiq bo‘lib, yiliga 24 ming tonnaga yaqin mahsulot yetishtiriladi va 12 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.
Shuningdek, «Chimyon» umummavsumiy kurorti uchun 1 278 gektar maydon ajratilib, osma dor yo‘llari, mehmonxonalar va dam olish maskanlari qurilmoqda. Majmua ishga tushgach, yiliga o‘n minglab mahalliy va xorijiy...
Samarqand viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq jiddiy qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Narpay tumanidagi xususiy korxonaga qarashli ishlab chiqarish sexi elektr hisoblagichidan tashqari tarmoqqa ulanib, noqonuniy ravishda elektr energiyasidan foydalangani aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 1,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Bu holat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishning og‘ir oqibatlarga olib kelishini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Mutasaddi idoralar esa bunday qoidabuzarliklarning oldini olish choralarini kuchaytirmoqda.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi, Marg‘ilon va Nukus shaharlarida bir qator qonunbuzarliklar fosh...
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va boshqalar (jami 62 kishi)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqib, hukm chiqardi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi ma’lum qildi.
Sud hukmiga ko‘ra, Aziz Voitov Jinoyat kodeksining bir necha moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga 3 yil muddatga rahbarlik va moddiy javobgarlik lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilish, 400 baravar (hozirgi hisobda 165 mln atrofida) miqdorda jarima hamda 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi direktori lavozimida ishlagan X. Karimov esa 3 yil muddatga...
Ilon Mask Tesla kompaniyasiga tegishli $1 mlrdlik aksiyalarni xarid qildi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, investorlar bu xaridni kompaniyaga ishonch ramzi sifatida baholashdi. Natijada Tesla aksiyalari premarket savdolarida sakkiz foizga ko‘tarildi.
So‘nggi yilda Tesla aksiyalari barqaror harakat ko‘rsatmayapti. Avvaliga saylovlardan keyin keskin ko‘tarilgan bo‘lsa, keyinchalik pasaydi. Bunga siyosiy bosim, Xitoyda raqobatning kuchayishi va AQShda elektromobil xaridorlari uchun soliq imtiyozlarining bekor qilinishi sabab bo‘ldi.
Shunga qaramay, Tesla aksiyalari yil boshidagi eng past darajadan tiklana boshladi. Mutaxassislarning fikricha, kompaniyaning kelajagi avtopilot va robotaksi texnologiyalariga bog‘liq. Maskning aksiyalarni xarid qilishi ham uning Tesla’da qolish niyatini ko‘rsatmoqda.
O‘tgan hafta Tesla...
O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda partiya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanganidek, islomiy moliya tizimida savdo va sheriklik asosida moliyalashtirish keng qo‘llaniladi. Biroq amaldagi qonunchilikda tijorat banklari tomonidan bunday moliyalashtirish shakllaridan foydalanishga qator to‘siqlar mavjud. Masalan, islomiy moliya amaliyotida banklar savdo faoliyati orqali mijozlarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lsa, O‘zbekistonda tijorat banklariga savdo bilan bevosita shug‘ullanish taqiqlangan.
Shuningdek, islomiy moliyada sheriklik asosida moliyalashtirishga ruxsat etilgan bo‘lsa-da, mamlakatimizda tijorat banklariga yangi yuridik shaxs tashkil etish yoki ularning ustav kapitalida ishtirok etish bo‘yicha...
Bugun Nukusdan Toshkentga parvozi rejalashtirilgan Uzbekistan Airways’ning Airbus A320 samolyoti noma’lum sabablarga ko’ra kechiktirildi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.
Unga ko‘ra, parvoz soat 16:55 da amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ammo oradan bir soat o‘tgach yo‘lovchilarga parvoz ikki soatdan keyin amalga oshirilishi aytilib, bortdan tushirilgan.
Aviakompaniya matbuot xizmatining Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, kompaniya rasmiy sahifasida parvoz o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha amalga oshirilishini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Nukusdan jo‘nab ketish soat 20:00; Toshkentga yetib kelish vaqti: 21:20.Avvalroq joriy yilning 28-oktabridan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent — Islomobod — Toshkent yo‘nalishidagi muntazam parvozlar...
Xitoyda yangi Meizu 22 smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Mydrivers xabar bermoqda. Uning narxi $420 etib belgilangan.
Qurilma smartfonlar tarixida eng tor oq ramkaga ega bo‘lib, uning kengligi atigi 1,2 mm. Kompaniya marketing direktori Van Chjiszyan bu model sohada oq ramkali oxirgi smartfon bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Smartfon 6,3 dyuymli 1,5K displey va Meizu’ning yangi LIPO texnologiyasi bilan jihozlangan. Ramka kengligi oldingi avlodga nisbatan 11 foizga qisqargan. Ichki qismida Qualcomm Snapdragon 8s Gen4 protsessori va 4500 kv.mm maydonli yirik suyuqlik bilan sovitish tizimi mavjud. Kamera blokida esa to‘rtta modul o‘rnatilgan. 50 MP asosiy kamera, 50 MP periskop, 50 MP ultra-keng...
O‘zbekiston diplomatlari Misr – Afrika tadbirkorlari uyushmasi (EABA) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Tomonlar sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, to‘qimachilik va logistika sohalarida qo‘shma loyihalar ustida ishlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, o‘zaro investitsiya va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlar o‘rtasida bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
EABA Misr va Afrikaning yirik kompaniyalari hamda ishbilarmonlarini birlashtirgan uyushma bo‘lib, qit’adagi savdo va investitsiyani kengaytirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda u Afrikaning 20 dan ortiq davlatlarida vakolatxonalarga ega.
Avvalroq O‘zbekiston va Malayziya $5 milliarddan ortiq qiymatdagi loyihalarni amalga oshirishi haqida xabar qilingandi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Malayziya...
Adliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida YPX qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan javobgarlikni oshirish bo‘yicha loyiha joylashtirildi.
Loyihaga ko‘ra, agar haydovchi bir oy davomida 10 marotaba qizil chiroqda harakatlansa, 40 km/soatdan ortiq tezlikni oshirsa, qarama-qarshi yo‘ldan chiqsa yoki avariya xavfi tug‘dirsa, u 6 oy muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilinadi.
Qonun loyihasi muhokamasi ochiq shaklda olib borilmoqda va fuqarolar portal orqali o‘z takliflarini kiritishlari mumkin.
Bloger Makarenko kutilayotgan o‘zgarishlarni yetarlicha qat’iy emas deb hisoblamoqda. Uning fikricha, bir oy ichida 10 marta qoida buzgan haydovchilarni «avtoterrorchi» deb baholash kerak va ularga nisbatan yanada keskin choralar qo‘llanishi lozim. Jumladan, bunday shaxslardan haydovchilik...
Xitoyda yangilangan Voyah Dreamer 2026 avtomobili taqdim etildi. Bu haqda Mydrivers nashri xabar bermoqda.
Avtomobilning o‘lchamlari 5315×1980×1820 mm, g‘ildirak bazasi esa 3200 mmni tashkil etadi. Salonida 15,6 dyuymli markaziy ekran, 29 dyuymli AR-HUD proyeksiya displeyi, raqamli panel va simsiz quvvatlash tizimi o‘rnatilgan. Orqa qatordagi yo‘lovchilar uchun elektrli pardalar, 13 litrli sovutish va isitish funksiyasiga ega muzlatkich hamda 17,3 dyuymli 3K ekran mavjud. Shuningdek, massaj, isitish funksiyalariga ega kreslolar ham taklif etiladi.
Model elektr va gibrid versiyalarda ishlab chiqariladi. Eng kuchli gibrid modifikatsiya 62,5 kVt·soat sig‘imli batareya, 800 voltli tezkor zaryadlash tizimi va 1500 km gacha umumiy yurish masofasini ta’minlaydi...
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.
Yangi nizomga ko‘ra, abituriyentlar prezident hujjatlari bilan tasdiqlangan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat granti, jumladan, ta’lim grantlari asosida hamda Davlat qabul komissiyasi tasdiqlagan umumiy parametrlarga muvofiq qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari ikki bo‘limdan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘limda barcha abituriyentlar ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test topshiradi. Ikkinchi bo‘limda esa tanlangan yo‘nalishga mos ikki fandan test sinovi yoki kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.
Qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi: 5 – 25-iyun oralig‘ida abituriyentlar fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi. Test sinovlaridan so‘ng...
Qozog‘istonning «Qayrat» klubi UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichi doirasida Olmaotada o‘tkaziladigan uy uchrashuvlari uchun chipta sotuvini yo‘lga qo‘yishini e‘lon qildi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, eng qiziqib kutilayotgan bahslardan biri – «Qayrat» va «Real Madrid» o‘rtasidagi bahsga chiptalar 23-sentabr kuni soat 17:00 dan boshlab sotuvga chiqadi.
Chipta narxlari 30 ming tengedan (taxminan 690 ming so‘m) boshlanib, 250 ming tengeni (taxminan 5,7 mln so‘m) tashkil etadi. Har bir muxlis ikkitadan ortiq chipta sotib ololmaydi. Shuningdek, xarid shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) orqali amalga oshiriladi.
Klubning ta’kidlashicha, chipta narxlari UEFA bilan kelishilgan bo‘lib, Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi barcha uy uchrashuvlari uchun yagona...
Yangi yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, kelgusi o‘quv yilidan davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30% chegirma beriladi. O‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini qo‘llashi uchun esa 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi.
Bundan tashqari, kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi ikki barobar kamaytiriladi. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun ham milliy sertifikat tizimi joriy qilinadi. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama belgilanadi.
Bakalavrni imtiyozli diplom bilan tamomlab maktabda ishlashni boshlaganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa...
16-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kuni uchun AQSh valyutasi 12 344,61 so‘m (-82,22 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Dollar kursining so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 65,52 so‘mga tushib, 14 501,21 so‘mni, rubl esa 2,74 so‘mga oshib, 149,70 so‘mni tashkil qildi.
Yevro va rubl valyutasining so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.
Dortmundning «Borussiya» klubi sobiq bosh murabbiyi Nuri Shahin «Istanbul Bashakshehir» bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda turk klubi matbuot xizmati rasman e’lon qildi.
«Bu men uchun o‘ta muhim kun. Klubga kelgan zahotimdanoq qanday qimmatli joyga qadam qo‘yganimni his qildim. Bu yerda oilaviy muhit bilan birga raqobatbardosh va professional sharoit mavjud. Oldinda uzun yo‘l bor, ammo qo‘limdan kelgan barcha kuch – g‘ayratimni ishga solaman», — dedi 37 yoshli mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Nuri Shahin joriy yilning yanvar oyigacha «Borussiya Dortmund»ni boshqargandi. Chempionlar ligasida «Bolonya»ga qarshi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamaoning natijalari pasayib ketgach, klub rahbariyati...
Xiaomi yangi Xiaomi 17 flagmanlar qatorini rasman e’lon qildi. Bu haqda ITHome texnologiyalar nashri xabar bermoqda.
Kompaniyaning Weibo‘dagi rasmiy akkaunti ikonkasi yangilandi va unda asosiy kamera blokida kichik ekran joylashgan smartfon tasviri paydo bo‘ldi. Ostida esa Leica yozuvi ko‘rinib turgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay bu rasm tezda o‘chirildi va Xiaomi MIX Flip 2 Diamond Limited Edition rasmi bilan almashtirildi, biroq tasvir allaqachon internetda keng tarqalib ulgurgan.
Insayderlarning ma’lumotiga ko‘ra, bu rasmda aynan Xiaomi 17 Pro tasvirlangan. Uning asosiy o‘ziga xosligi — kamera blokida joylashgan qo‘shimcha ekran. Bunday yechim oldin Xiaomi 11 Ultra modelida ham qo‘llanilgan edi, ammo yangi versiyada...
Chet eldagi Top-100 talikka kirgan oliygohlarning filiallari O‘zbekistonda ochiladi. Ushbu tashabbuslar natijasida talabalar xalqaro standartlarga mos bilim olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bugungi kunda to‘rtta oliygoh dunyoning Top-1000 reytingiga kirgan bo‘lsa, yaqin yillarda ularning soni 10 taga yetkaziladi.
Shuningdek, oliygohlarda xorijiy Top-500 universitetlari bilan hamkorlikda axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, agrotеxnologiya, tibbiyot, «yashil» energetika kabi yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etiladi.
Kelgusi yilda esa 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, 500 ta nufuzli oliygoh rektorlari va bir mingdan ziyod xalqaro ekspertlar ishtirokida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi o‘tkazilishi belgilangan.
Shu bilan birga, xorijlik talabalar...
Yekaterinburg shahrida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor noqonuniy ravishda xorijlik ishchilardan foydalangani uchun katta miqdordagi jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda Realtagil.ru.
Sverdlovsk viloyat sudining ma’lumotiga ko‘ra, jarimalar umumiy summasi 5 mln 750 ming rublni tashkil etdi.
2024-yil yozida Rujev non mahsulotlari kombinatida o‘tkazilgan tekshiruv davomida Shri-Lanka va O‘zbekistondan bo‘lgan 23 nafar ishchi aniqlangan. Ular mahsulotlarni yuklash, qadoqlash va yig‘ish bilan shug‘ullangan, biroq zarur ruxsatnomalarga ega emasligi ma’lum bo‘ldi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, mazkur ishchilarni aynan tadbirkor Rybachenok Ye.Ye. vositachiligida korxona hududiga jalb qilingani tasdiqlandi.
Chkalov tuman sudi uni har bir epizod bo‘yicha aybdor deb topib, 250 ming rubldan jarima...
Kelasi yildan sanoatda $45 milliardlik 456 ta yirik loyiha boshlanadi. Shu munosabat bilan «Investоr – tarmoq – texnikum» zanjiri asosida texnikumlarda dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Dual ta’lim qamrovi besh barobar kengaytiriladi. Hamkor korxonalar uchun besh milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi, dual ta’limdagi o‘quvchilar uchun yagona ijtimoiy to‘lov ikki baravar kamaytiriladi. Bundan tashqari, texnikumlarda chet tillari darslari to‘rt barobar ko‘paytiriladi. Maxsus raqamli platforma orqali bitiruvchilarning ko‘nikmalari haqidagi ma’lumotlar nafaqat mahalliy, balki xorijiy ish beruvchilarga ham ochiq bo‘ladi.
Shuningdek, bir yil ichida 100 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlarning...
Gonkong shahrida o‘tkazilgan «Bir kamar, bir yo‘l» sammiti doirasida Uzbekistan Airports kompaniyasi va Gonkong xalqaro aeroporti o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Bitim O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovini yo‘lga qo‘yish hamda aeroport boshqaruvi, xizmat ko‘rsatish sifati va operatsion samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Shuningdek, hujjatda Gonkong Xalqaro Aviatsiya Akademiyasi (HKIAA) dasturlari orqali kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va aviatsiya sanoatini barqaror rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar belgilangan.
«Gonkong aeroporti bilan memorandum imzolanishi to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni rivojlantirish va aviatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Ushbu kelishuv yo‘lovchi oqimini oshirish, turizmni...
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor prezidentlik saylovida ishtirok etmaslikka qaror qildi. Bu haqda u o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
«Oilam bilan maslahatlashib, chuqur o‘ylab ko‘rgach ushbu poygadan chiqishga qaror qildim. Bu oson bo‘lmadi, biroq ayni paytdagi eng to‘g‘ri yo‘l shu deb hisoblayman», – dedi Makgregor.
Irlandiya qonunchiligiga ko‘ra, prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun 20 nafar parlament a’zosi va to‘rt nafar mahalliy kengash tomonidan qo‘llab-quvvatlanish zarur. Shuningdek, nomzod Irlandiya fuqarosi va 35 yoshdan katta bo‘lishi kerak.
Ma’lumot uchun, Irlandiyada prezidentlik saylovlari 2025-yilning noyabr oyida...
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida ishsizlik darajasi turlicha bo‘lib, ayrim davlatlarda bu ko‘rsatkich qisqarayotgan bo‘lsa, boshqalarida hanuz yuqori darajada qolmoqda, deb xabar bermoqda Abc.az.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda MDH bo‘yicha eng ko‘p ishsiz Rossiyada qayd etilgan — 1,915 mln kishi. 2010-yilda bu ko‘rsatkich 5,5 mln edi, so‘nggi 14 yil ichida ishsizlar soni qariyb 3,6 mln kishiga kamaygan.
Rossiyadan keyingi eng katta ko‘rsatkich O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi. 2020-yilda mamlakatda ishsizlar soni 1,56 mln kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilda bu raqam 836,4 ming kishigacha qisqardi. Shunga qaramay, bu MDH hududida Rossiyadan keyingi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib qolmoqda.
Rossiya aholisi 146 milliondan ortiq...