Bentley o‘zining ikkinchi elektromodelini Urban SUV deb ataladi va Bentayga’dan kichikroq bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda Carcoops nashri xabar berdi.
Eng muhimi, yangi model faqat elektr versiyada taqdim etiladi. Bu avtomobil Germaniyadagi Nurburgring trassasida ilk bor sinov paytida ko‘rinish berdi.
Model Bentley’ning Porsche Cayenne Electric bilan umumiy platformada yaratilishi kutilmoqda. Urban SUV Bentayga’dan ixchamroq, pastroq tom chizig‘iga ega, lekin baribir premium o‘lchamdan kichik emas, taxminan Cayenne Electric bilan teng.
Bentley EXP15 konseptidagi vertikal faralar bu modelda bo‘lmaydi, sinov prototipidagi faralar an’anaviy shaklda joylashgan.
Kuzatuvchilar salondan kichik parchalarni ko‘ra olishgan, ammo asosiy detallar yashirinligicha qolgan. Biroq Bentley bozorni to‘ldirib yuborgan...