«Hayvonlar shahri 2» («Zootopia 2») o‘tgan dam olish kunlari jahon prokatida $556 mln daromad yig‘ib, animatsion filmlar orasida eng yirik startga ega bo‘ldi.
AQShda Shukronalik kuni munosabati bilan uzaytirilgan dam olish kunlarida film $156 mln ishlab oldi. Mamlakat tashqarisidagi bozorlarda esa yana $400 mln daromad qayd etildi, shundan $272 mln Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shu tariqa filmning ilk dam olish kunlaridagi umumiy jahon yig‘imi $556 mlnni tashkil qildi. Bu uni kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli to‘rtinchi start va animatsion filmlar orasida mutlaq rekordchi qiladi.
Kuchli natijaga faqat birinchi qismning mashhurligi va bayram kunlari emas, balki tomoshabinlar tomonidan berilgan yuqori baholar...