Ijtimoiy tarmoqlarda 30-oktabrdan boshlab Toshkentdagi maktablarda niqob taqish majburiy etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu xabarlar noto‘g‘ri talqin qilingan. Gap O‘zbekiston Bosh davlat sanitariya vrachining 2025-yil 26-sentabrdagi qarori haqida ketmoqda. Mazkur qaror har yili mavsumiy gripp va respirator kasalliklar oldidan qabul qilinadigan oddiy profilaktik hujjat bo‘lib, u faqat epidemik vaziyat og‘irlashgan taqdirda niqob taqishni tavsiya etadi.
«Hozir epidemik vaziyat barqaror, shunday ekan, maktablarda yoppasiga niqob taqish zarurati yo‘q. Agar guruhda kasallangan bolalar bo‘lsa, o‘sha bemor bilan muloqotga...