Prezidentning «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyati kengaytiriladi. 2026 – 2027-yillarda «Hamroh» xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi 6 ming nafar ayolning tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m ajratadi, 2,8 ming nafarini tadbirkorlik bo‘yicha o‘qitadi va 2 ming nafarini faoliyatga hamroh qiladi.
Tuman va shahar hokimliklari tomonidan tashkil etilgan markazlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi oila va xotin-qizlar boshqarmalari bilan birgalikda tikuvchilik, qandolat, fitnes, sheyping va kasbga o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun ijara asosida beriladi.
Shuningdek, 2026-yil...