Dam olish kunlari ayrim tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, hafta oxiri ham ayrim banklarning valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat yuritib, fuqarolarga zarur moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
Quyida banklar ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, havolaga bosish orqali faoliyat yuritayotgan bank manzilini bilish mumkin:
Agro bank Apex bank Milliy bank Tenge bank Hamkor bank Anor bank Garant bank Hayot bank Asaka bank