Venesuelaning sobiq prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores AQShda qiynoqlar uyushtirishga til biriktirishda ayblanmoqda. Yangi ayblovlar ularga nisbatan ilgari qo‘yilgan narkoterrorizm, kokain kontrabandasi va qurol bilan bog‘liq ayblovlarga qo‘shildi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi xabar berdi.
Maduro va uning rafiqasiga qanday ayblovlar qo‘yildi?
AQSh Adliya vazirligining 8-oktabr kuni e’lon qilgan ma’lumotiga ko‘ra, Maduro va Floresga nisbatan yangilangan ayblov xulosasi ochiqlangan. Unda ular qiynoqlarni tashkil etish bo‘yicha til biriktirishda, narkoterrorizmda, AQShga kokain olib kirish uchun fitnada hamda qurol bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanmoqda.
Prokuratura versiyasiga ko‘ra, Maduro va uning rafiqasi uzoq vaqt davomida hokimiyatni saqlab qolish uchun siyosiy...