Samsung smartfon ishlab chiqarish hajmini 20 – 30 foizga kamaytirishga tayyorlanmoqda. Bunga xotira chiplarining keskin qimmatlashishi sabab bo‘layotgani aytilmoqda. Natijada kompaniyaning smartfon biznesi rentabelligi pasaygan.
Money Today ma’lumotiga ko‘ra, Samsung’ning mobil qurilmalar uchun mas’ul MX bo‘linmasi ishlab chiqarishni qisqartirish jarayonini boshlab yuborgan.
Kompaniya hamkorlaridan yetkazib berish hajmini 20 – 30 foizga kamaytirishni so‘ragan. To‘rtinchi chorak yakunida Samsung smartfonlari ishlab chiqarishi 30 foizgacha qisqarishi mumkin.
Xotira narxi smartfon biznesiga bosim qilmoqda
Samsung uchun vaziyatning o‘ziga xos tomoni shundaki, xotira chiplarining qimmatlashishi kompaniyaning yarimo‘tkazgich biznesiga katta foyda keltirmoqda.
Biroq ayni shu omil smartfon ishlab chiqarish xarajatlarini oshirib, ayrim modellarni chiqarishni...