O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-oktabr kuni Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi savdo, investitsiya va aviaqatnovlar soni sezilarli oshgani ta’kidlandi.
Bugungi kunga kelib ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar portfeli $27 milliardga yetdi. Shuningdek, ACWA Power kompaniyasi bilan $15 milliardlik energetika loyihalari amalga oshirilmoqda.
Uchrashuv yakunida «yashil» energetika, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, infratuzilma va ko‘chmas mulk sohalaridagi yangi tashabbuslarni tezroq amalga oshirishga kelishib olindi.
Avvalroq Saudiya Arabistonida maoshini ololmayotgan 19 nafar o‘zbekistonlikka konsullik yordami ko‘rsatilgani haqida...