Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Janubiy Koreyada istiqomat qilgan o‘zbekistonlik Kim Nozima Akmal qizining vafoti yuzasidan rasmiy ma’lumot e’lon qildi.
O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi voqea yuzasidan boshidan buyon Koreya huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilib kelayotganini ma’lum qildi. Diplomatik vakolatxona tergov jarayonining shaffof o‘tishini ta’minlashga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazgan.
Tergov tafsilotlari bilan yaqindan tanishish uchun marhumaning onasi Feruza Alimbekova Janubiy Koreyaga taklif etildi. 14-aprel kuni uning advokati va elchixona xodimlari ishtirokida Pyeongtaek City Police vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Dastlabki tergov va ekspertiza xulosalariga ko‘ra, marhumaning o‘limida qotillik alomatlari aniqlanmagan.
Politsiya tomonidan voqea sodir bo‘lgan joy va tibbiy muassasalardagi kuzatuv kameralari yozuvlari...