«Dinamo» futbol klubining U19 jamoasi a’zosi, 18 yoshli yarim himoyachi Sardor Murodov vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sardor Murodov 2007-yilning 26-oktabrida tug‘ilgan. U U19 chempionati doirasida 21-aprel kuni «Paxtakor» U19 jamoasiga qarshi o‘tkazilgan va 2:2 hisobida yakunlangan o‘yinda asosiy tarkibda harakat qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yosh futbolchi «Dinamo» safida 2024-yilda 17 ta, 2025-yilda esa 13 ta o‘yinda ishtirok etgan. Shuningdek, u 2023-yili «Yunired» klubi tarkibida 4 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
«Dinamo» professional futbol klubi o‘z bayonotida futbolchining vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan...