2026-yilda avtomobil brendlari umumiy qiymati pasaydi. Jahon bo‘yicha ko‘rsatkich 10 foizga tushib, 498,7 mlrd yevroni tashkil etdi. Tarantas news ko‘ra, ketma-ket ikkinchi yil pasayish kuzatilmoqda.
Eng qimmat avtomobil brendi yana Toyota bo‘ldi. Kompaniya qiymati 54,4 mlrd yevroga teng. Shuningdek, u brend kuchi indeksida ham yetakchi bo‘lib, 92,5 ball oldi.
Ikkinchi o‘rinni Mercedes-Benz egalladi. Uning qiymati 15 foizga kamayib, 40,4 mlrd yevroni tashkil qildi.
Uchinchi o‘rinda BMW turibdi. Kompaniya qiymati barqaror bo‘lib, 38 mlrd yevro darajasida qoldi.
To‘rtinchi o‘rinni Volkswagen egalladi. U nemis brendlari orasida eng katta o‘sishni ko‘rsatib, 10 foizga oshdi va 31 mlrd yevroga yetdi.
Beshinchi o‘rinda Porsche...