Toshkentda 6-may kuni Plug and Play Uzbekistan Expo 2026 ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Tadbir «Turkiston» san’at saroyida tashkil etiladi.
Ko‘rgazma Plug and Play tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda. Unda investorlar, startap asoschilari va korporativ rahbarlar qatnashadi.
Ko‘rgazmada sun’iy intellekt va kreativ texnologiyalar yo‘nalishida 30 dan ortiq global startap ishtirok etadi. Ular Markaziy Osiyo, Kavkaz, Yevropa va boshqa hududlardan keladi. Expo davomida sun’iy intellekt, fintex, kiberxavfsizlik, gaming va kreativ texnologiyalar muhokama qilinadi. Startaplar o‘z loyihalarini taqdim etadi.
Dasturda investorlar bilan uchrashuvlar va pitching sessiyalar ham bo‘ladi. Asosiy sahnada xalqaro ekspertlar chiqish qiladi. Maxsus hududda startaplar bilan...