Milliarder Ilon Mask oʻtgan yili SpaceXʼdagi ulushini oshirish uchun $1,4 mlrd sarfladi. Bu haqda Reuters The Information nashriga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, aksiyalar kompaniyaning hozirgi va sobiq xodimlaridan ikkilamchi bozorda sotib olingan, bitimlar esa Maskning trast fondi orqali amalga oshirilgan. Ushbu xaridlar IPO prospektining maxfiy loyihasida ochiqlangan. Uoll-stritda kutilayotgan joylashtirishda SpaceXʼning bahosi $1,75 trlnga yetishi va kompaniya $75 mlrdgacha mablagʻ jalb qilishi mumkin. Bu tarixdagi eng yirik IPO’lardan biriga aylanishi ehtimoli bor.
The Information ma’lumotlariga koʻra, kompaniya Mask uchun yangi mukofot dasturini ham tasdiqlagan. Unga koʻra, SpaceX kapitallashuvi $6,6 trlnga yetganda va ayrim loyihalar amalga oshirilganda, u qoʻshimcha...