«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 10-apreldan 17-aprelgacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 1,94 foizga oshdi.
Ushbu davr mobaynida «Aloqabank»ning oddiy aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 25,58 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Garantbank» (+17,67%), «O‘zRTXB» (+11,98) va «Turonbank» (11,98) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
O‘z navbatida, «Chilonzor buyum savdo kompleksi» aksiyalari 9,19 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Trastbank» aksiyalari (-6,88%) va «SQB» (-5,51%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «O‘zbektelekom»ning ham oddiy, ham imtiyozli aksiyalari narxida, shuningdek, «Aloqabank»ning imtiyozli aksiyalarida o‘zgarish kuzatilmadi.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbektelekom»ning ham oddiy, ham imtiyozli...