Surxondaryo viloyatidagi «Bobotog‘» davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida fuqaro tomonidan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro tog‘ qo‘yi noqonuniy ovlandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar bermoqda.
Fuqaro T.I. o‘ziga tegishli ov quroli yordamida ushbu noyob jonivorni otgan. Natijada «Ov qilish va ov xo‘jaliklari to‘g‘risida»gi hamda «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunlar talablari buzilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-dekabrdagi qaroriga asosan, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 412 mln so‘m deb baholangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Buxoro tog‘ qo‘yi, asosan, O‘zbekistonning janubi va Tojikistonning shimoli-g‘arbiy tog‘ etaklarida uchraydi. Uzunligi 120 santimetrgacha, vazni esa...