Xitoyning Great Wall Motor kompaniyasiga qarashli Ora brendi tomonidan yangi GWM Ora 5 elektromobili e’lon qilindi. Yangi avtomobil 25-sentabr kuni o‘tkaziladigan Natural Aesthetics Design Appreciation tadbirida rasman taqdim etiladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Model nomi jamoatchilik o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov orqali tanlangan. Ora brendi bosh menejeri Lu Venbin 12-sentabrda Ora Cat, Ora 5 va Ora i5 variantlarini taklif qilgan, natijada eng ko‘p ovoz olgan Ora 5 nomi tanlab olingan. Menejerning ta’kidlashicha, raqamli nomlash tizimi xalqaro miqyosda tanish, sodda va brendning kelgusi modellari uchun yagona yo‘nalishni belgilaydi.
Dizayni haqida Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ayrim...