28-fevral kuni AQSh va Isroilning Eronga berilgan zarbalaridan keyin boshlangan Yaqin Sharqdagi urush oqibatida jami 5 mingdan ziyod odamning umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, urush boshlanganidan beri Eronda 3527 kishi halok bo‘lgan. Ularning 1606 nafari tinch aholi, jumladan, kamida 244 nafari bolalardir. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi esa hozirgacha Eron hududida kamida 1900 kishi halok bo‘lgani va 20 ming kishi jarohat olganini bildirdi.
Livanning bayonot berishicha, 2-martdan buyon Isroil zarbalari oqibatida mamlakatda kamida 1345 kishi halok bo‘lgan, ularning 124 nafar yosh bolalar bo‘lgan. «Hizbulloh» guruhining 400 dan ortiq...