Xiaomi kompaniyasi yangi Smart Camera 4 Max AI Zoom Edition nomli aqlli uy kamerasini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.
Yangi kamera ikki modul bilan jihozlangan: 12 MP teleobyektiv (avtofokus bilan) va 8 MP ultra keng burchakli kamera (127 gradus ko‘rish burchagi). Qurilma 3 karra optik va 12 karra gibrid zoomni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, unda rangli tungi tasvir olish imkoniyati va to‘liq qorong‘ida ishlovchi infraqizil yoritqichlar mavjud.
Qurilmaning asosiy ustunligi – sun’iy intellekt asosidagi kuzatuv tizimi. Kamera bolalar, keksalar va uy hayvonlarini kuzatib, yiqilish, uzoq vaqt harakatsizlik yoki noodatiy holatlarni aniqlay oladi. Eng qiziqarli jihati, u bolaning dars...