Xitoyning Li Auto kompaniyasi yangi flagman modeli L9 Livis krossoverini rasman namoyish qildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Model kengaytirilgan gibrid tizimga ega bo‘lib, 2 560 TOPS hisoblash quvvatiga ega intellektual boshqaruv tizimi bilan jihozlangan.
L9 modeli ilk bor 2022-yil iyun oyida taqdim etilgan va qisqa vaqt ichida brendning eng muvaffaqiyatli avtomobillaridan biriga aylangan. Dastlabki yillarda savdo hajmi yuqori bo‘lgan, biroq 2024 – 2025-yillarda bozorda kuchli raqobatchilar paydo bo‘lishi tufayli sotuvlar sezilarli kamaygan. Shu sabab kompaniya modelni tubdan yangilashga qaror qilgan.
Yangi L9 Livis tashqi ko‘rinishi bo‘yicha Li Auto’ning boshqa L-seriya avtomobillariga moslashtirilgan. Old qismda brendga xos yorug‘lik...