Navoiy viloyatida atmosfera havosini ifloslantirgan korxona faoliyatiga nisbatan qat’iy choralar ko‘rildi. Bu haqda Ekologiya qo’mitasi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qizilqum fosforit kompleksi korxonasi tomonidan havoga zararli moddalar chiqarilayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruv natijasida Konimex tumanida joylashgan mazkur korxonaning ishlab chiqarish sexlarida Davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan talablar to‘liq bajarilmagani aniqlandi. Xususan, 28-sonli manbadan chiqarilgan fosforit changi belgilangan me’yordan 3,5 barobar yuqori ekani qayd etildi.
Shuningdek, korxona tomonidan Tashkura karyerida noruda qazilmalarini qazib olish bo‘yicha atrof-muhitga ta’sirini baholash hujjatlari ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, Davlat ekologik ekspertizasidan rasmiy xulosa...