BYD yangi BYD Song Ultra EV elektromobilini 3-mart kuni ishlab chiqarishga tayyor ko‘rinishda ommaga ko‘rsatdi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi.
Modelning sotuv jarayoni 5-mart kuni kompaniyaning Technology Day tadbiri doirasida boshlanadi.
Song Ultra EV ilk bor tom qismiga o‘rnatilgan LiDAR datchigi bilan taqdim etildi. Bu Song oilasi uchun birinchi holat. Sensor «God’s Eye» B, ya’ni DiPilot 300 tizimi bilan ishlaydi. Platforma 300 TOPS hisoblash quvvatiga ega. Tizim shahar va magistralda Navigation on Autopilot funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Kuzov bo‘ylab yuqori aniqlikdagi kameralar 360 daraja kuzatuvni ta’minlaydi.
Salon 15,6 dyuymli aylanuvchi markaziy ekran va 10,25 dyuymli raqamli panel bilan jihozlangan. G‘ildirak...