General Motors (GM) AQShda Chevrolet Tracker uchun takliflarni keskin oshirmoqda. Bu haqda GMAutority xabar berdi.
GMAuthority ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil dekabr boshiga kelib dilerlarga yetkazilish arafasida qariyb 12,6 ming dona Tracker bo‘lgan. Bu noyabr boshidagi taxminan 3 ming donalik va oktabr boshidagi 1,5 ming donalik jo‘natmalar bilan solishtirganda keskin «sakrash» hisoblanadi.
Bozorga kirib kelayotgan katta hajm uchinchi chorakdagi sustlashgan sotuvlardan so‘ng taklifni me’yorlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda. 2025-yilning uchinchi choragida Chevrolet Tracker AQShda 49 813 dona sotildi. Bu 2024-yilning shu davridagi 59 299 donaga nisbatan 16 foiz kam.
Yil boshidan sentabr oxirigacha bo‘lgan davr manzarasi yanada ijobiy. 2025-yilning...